Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rohani Ibrohim: Oʻzbekiston fuqarolari faol ovoz bermoqda
16:15 / 2024-10-27

Malayziyalik siyosatchi Rohani Ibrohim Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Mustaqillik koʻchasida joylashgan 19-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni bilan yaqindan tanishgani haqida “BERNAMA” agentligi xabar bergan.

– Ovoz berish jarayoni muammosiz oʻtyapti, saylov byulletenlarini qogʻozda markalash uchun qulay shart-sharoit yaratilib, elektron ovoz berish uchun ikki terminal hozirlangan, – deydi Rohani – Jarayon saylovni yoritayotgan xorij ommaviy axborot vositalari eʼtiborini tortdi. 19-saylov uchastkasi rahbari Davlat Himmatov soʻzlariga koʻra, soat 10:00 gacha 300 dan koʻp odam ovoz bergan, 10 nafar saylovchi elektron usulni tanlagan. 
Muallif MSK raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev “Oʻzbekiston 24” davlat televideniyesi orqali efirga uzatilgan brifingda, jumladan, 16-23-oktyabr kunlari fuqarolar mahalliy va xorijda tashkil etilgan muddatidan oldin ovoz berish jarayonida oʻz konstitutsion huquqidan foydalanganini qayd etganiga ham eʼtibor qaratgan. 

Muharrama Pirmatova, OʻzA