Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Rodrobno.uz“ nima uchun notoʻgʻri axborot tarqatmoqda?
19:37 / 2020-01-28

Taʼkidlash kerakki, viloyatdagi 787 mingdan ziyod oila tarkibida 3 million 300 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.


Joriy yil 27-yanvar kuni “Rodrobno.uz“ saytida Anora Ismailova imzosi bilan eʼlon qilingan materialda Andijon viloyatida oilaviy ajrimlar 2018-yilga nisbatan 12 foizga ortganligi, Andijon viloyati respublikamizda oilaviy ajrimlar borasida karvonboshilik qilayotganligi taʼkidlangan.

– Ushbu maʼlumot notoʻgʻri, haqiqatga zid, – deydi Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Manzura Yunusova. – 2019-yilda viloyatda oilaviy ajrimlar avvalgi yilga nisbatan 499 taga yoki 12,1 foizga kamaygan. Viloyatda nafaqat mutasaddi tashkilotlar, balki keng jamoatchilik tomonidan oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda, ajrimlarning kamayishiga erishilmoqda. Lekin ayrim sayt ijodkorlari tomonidan bu boradagi koʻrsatkichlarning notoʻgʻri, noxolis koʻrsatilishi bajarilgan ishlarni yoʻqqa chiqaradi. Sayt albatta, yuqoridagi material boʻyicha aniq maʼlumotlar asosida chiqish qilishi kerak.

Taʼkidlash kerakki, viloyatdagi 787 mingdan ziyod oila tarkibida 3 million 300 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Har yili viloyatda 30 mingtadan ortiq yangi oilalar barpo boʻladi. Xususan, 2019-yilda ham qariyb 30 mingta yangi oila qurildi. Ajrimlarning oldini olish boʻyicha viloyat hokimligi, xotin-qizlar qoʻmitasi, prokuratura, ichki ishlar boshqarmasi, Fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat sudi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan boʻlib, ijrosini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida olib borilgan ishlar natijasida oʻtgan yili ajrim yoqasiga kelib qolgan 3 ming 380 oila yarashtirildi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat sudi maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda nikohdan ajratish haqida arizalar avvalgi yilga nisbatan 1 ming 441 taga kamaygan. Umuman, viloyatda ajrashish koʻrsatkichi kamayganligi qayd etilgan.

Shunday boʻlsa-da, nima uchun “Rodrobno.uz“ saytida notoʻgʻri axborot tarqatildi? Bu eʼtiborsizlikmi yoki xatolik? Sayt yuqoridagi material yuzasidan izoh bersa, maqsadga muvofiq boʻlardi.