Robot SHHT davlatlari hamkorligi kuchayishini kutmoqda
SHHT sammiti matbuot markazida Syao Xe nomli robot faoliyat yuritmoqda. Temir odamning ismi "xetszo" so‘zidan olingan, hamkorlik ma’nosini anglatadi. Qurilma rus, xitoy va ingliz tillarida sammitga oid har qanday mavzu bo‘yicha ma’lumot bera oladi.
– Tyanszin sammiti a’zo davlatlar hamkorligini mustahkamlashga yordam beradi, – deya Syao Xening so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
– Anjumanda dolzarb mintaqaviy va global masalalar muhokama qilinai. Xususan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan qarorlar qabul qilinadi, xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, raqamli iqtisodiyot va barqaror rivojlanishga oid muhim mavzular ham ko‘tariladi.
Robot-ekspert ta’kidlashicha, "sammit mintaqada barqarorlik va farovonlik yo‘lida muloqot orqali birgalikda zarur yechimlar topish imkonini ham yaratadi”.
M.Pirmatova, O‘zA