English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Robot ostidagi hayot: neyron tarmoqlar insoniyat uchun xavflimi? (+video)
08:32 / 2023-07-11

Bugun poytaxtimizdagi “Intercontinental Tashkent” mehmonxonasining xalqaro konferensiyalar zalida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda “Raqamlashtirish davrida ommaviy axborot vositalari erkinligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda xalqaro tashkilotlar vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi. Mazkur xalqaro yig‘inning 2-sessiyasidagi mavzusi “Sun’iy intellektning jurnalistikada qo‘llanilishi va uning so‘z erkinligiga ta’siri” haqida bo‘ldi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar jurnalistika sohasida sun’iy intellektdan (AI) foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilib, undan kelib chiqadigan xavf-xatarlarga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi. Shuningdek, sun’iy intellektning zamonaviy jurnalistikaga sezilarli ta’siri va ahamiyati ortib borayotgani haqida alohida ta’kidlab o‘tildi. 

Ma’lumki, texnologik taraqqiyot va algoritmlarning rivojlanishi media sohasiga ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va taqdim etish bilan bog‘liq ko‘plab jarayonlarni avtomatlashtirish va optimallashtirish imkonini beradi, biroq sun’iy intellektning barcha afzalliklariga qaramay, uni qo‘llashda ma’lum xavflar mavjud. Masalan, avtomatik tarzda yaratilgan yangiliklarga ishonch muammosi mavjud. Chunki “sun’iy ong” soxta yangiliklar yaratish yoki ma’lumotni manipulyatsiya qilish uchun dasturlashtirilishi mumkin. Natijada bu holat noto‘g‘ri ma’lumotlarni vujudga keltirishi bilan birga ommaviy axborot vositalariga nisbatan ishonchni ham susaytirishi mumkin.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VLsndgmf6SA" title="Robot ostidagi hayot: neyron tarmoqlar insoniyat uchun xavflimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Davra suhbati davomida ishtirokchilar jurnalistikada sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida faktlarni tekshirish, shaffoflik va mas’uliyatni ta’minlash muhim degan fikrga kelishdi.

O‘tkir Alimov, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA