Robot-jarroh o‘pka transplantatsiyasini amalga oshirdi
Ispaniyaning Barselona shahridagi “Vall d'Hebron” shifoxonasida 65 yoshli bemorga robot-jarroh tomonidan o‘pka ko‘chirib o‘tkazildi. Operatsiya chog‘ida yangi usul qo‘llandi. Ya’ni, shikastlangan o‘pka ko‘krak qafasini ochmasdan, bemorning to‘sh suyagi ostidagi kichik kesma orqali olib tashlanib, o‘rniga yangisi qo‘yildi.
Ma’lum bo‘lishicha, faqat kichik kesma hosil qilish jarayoni shifokor qo‘li bilan bajarilgan. Qolgan barcha yumush “Da Vinchi” laqabi robotning "to‘rtta mohir qo‘li" yordamida uddalandi.
Mutaxassislar ushbu yangi jarrohlik texnologiyasi nisbatan xavfsiz bo‘lib, kelgusida minglab bemorlar hayotini saqlab qolish imkonini beradi, degan xulosaga kelishgan.