Robert Sekut: bular hammasi – O‘zbekiston xalqi o‘z Prezidentidan kutgan narsalardir
O‘zbekiston Prezidentining Parlamentga murojaati mamlakat hayotidagi muhim voqealardan biridir.
Robert Sekut, Kaspiy siyosati markazi (“CaspianPolicyCenter”) boshqaruvi a’zosi:
O‘zbekiston Prezidentining Parlamentga murojaati mamlakat hayotidagi muhim voqealardan biridir.
O‘zbekiston rahbarining mamlakatda yuz berayotgan tendensiyalar, o‘tgan davr natijalari va kelgusi yil rejalariga baho berishi, o‘z administratsiyasining ustuvor vazifalari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilishi, turmush farovonligini oshirish, birinchi navbatda – kambag‘allik darajasini qisqartirish, bular hammasi – O‘zbekiston xalqi o‘z Prezidentidan kutgan narsalardir.
Murojaatning asosiy qismlaridan biri – iqtisodiy sohada xorijiy investorlarni jalb qilishga yo‘naltirilgan muhim islohotlarni belgilanishidir. Korrupsiyani tugatish bo‘yicha qat’iy choralar va bank faoliyatining mutlaqo yangi tizimini rivojlantirish barqaror rivojlanish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Men shuni ta’kidlamoqchimanki, biznesni tartibga solish jarayonida hukumat rolini va mahalliy kompaniyalarda o‘z ulushining kamaytirilishi O‘zbekiston rahbarida yana ko‘proq bozor mexanizmlarini implementatsiyasida sog‘lom yondashuv borligidan dalolat beradi.
Raqamlashtirish, elektron texnologiyalarni rivojlantirish, IT-parklarni yaratishga alohida e’tibor berilishi mamlakatingiz uzoq muddatli o‘sishni ta’minlashga yo‘l olganligini ko‘rsatadi.
Bizlar milliy iqtisodiyotingizni strategik tarmoqlari sifatida turizmni belgilanishini olqishlaymiz. G‘arb OAV ushbu tarmoqning imkoniyatlari jiddiyligini tan olishadi. “CNN”, “LonelyPlanet”, “New York TimesJourneys” O‘zbekistonni sayohat qilish uchun jozibador deb belgilashgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan strategik munosabatlarning yangi bosqichi ayniqsa bizlarni quvontirmoqda. AQSh tashqi siyosatida O‘zbekiston muhim mamlakatlardan hisoblanadi. Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun cheksiz imkoniyatlar mavjud. Ishonchim komilki, AQSh O‘zbekistonni rivojlantirishda munosib sherik bo‘ladi.