FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “San’at saroyi”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Robaxon Mahmudovaning surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda partiya faollari, deputatlar, mehnat faxriylari, faol xotin-qizlar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi Rustam Hamroyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
[gallery-12336]
Tadbir davomida partiyadan Prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudovaning bosh ishonchli vakili tomonidan yig‘ilganlarga nomzod haqida batafsil ma’lumot berildi.
So‘ng nomzod dasturida ilgari surilgan ustuvor g‘oyalar, maqsadlar saylovchilar e’tiboriga havola etildi.
Qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuv so‘nggida tadbir ishtirokchilari yurt ravnaqi, fuqarolar farovonligini ta’minlovchi muhim siyosiy tadbirlarda faol ishtirok etishlarini bildirdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA