Buxoro shahrining tarixiy “Ko‘kaldosh” mahallasida tadbirkor Ravshan Mirzayev tashabbusi bilan zamonaviy qulayliklarga ega 30 o‘ringa mo‘ljallangan “Rizvon” nomli mehmonxona bunyod etildi.
Mazkur loyiha doirasida tadbirkorga 66 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, bu mablag‘lar asosan mehmonxona xonalarini jihozlashga sarflangan. Umumiy qiymati 550 million so‘mni tashkil etuvchi mazkur mehmonxona qisqa fursat ichida o‘zini oqlab, daromad manbaiga aylangan. Hozirda “Rizvon” mehmonxonasi orqali o‘rtacha hisobda bir kunda bir mehmon uchun xizmat narxi 80 ming so‘mni tashkil etadi. Bu esa turizm mavsumida oyiga taxminan 45-50 million so‘mgacha daromad olish imkonini berda.

Ushbu faoliyat natijasida mahalladagi 6 nafar ishsiz fuqaroning doimiy bandligi ta’minlandi. Bu esa nafaqat oila iqtisodiyotini mustahkamlash, balki mahallaning umumiy farovonlik darajasini oshirishga ham xizmat qilmoqda.

Ayni kunda mazkur mahalla hududida 76 ta mehmonxona faoliyat yuritmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.