Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rizvan Nabiyev: Toshkent assambleyasi ovozini butun dunyo eshitmoqda (+video)
11:56 / 2025-04-06

Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasi davom etmoqda. O‘zA muxbiri assambleyada ishtirok etayotgan Ozarbayjon Milliy mejlisi a’zosi Rizvan Nabiyev bilan suhbatlashdi:

– Yubiley assambleyaning qardosh O‘zbekistonda, go‘zal Toshkent shahrida  o‘tkazilayotgani, albatta, bizni juda mamnun qildi. Chunki, biz juda yaqin, qardosh xalqlarmiz.  

Aytib o‘tish kerakki, O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari orasida do‘stona va samimiy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Bu hamkorlik yildan-yilga chuqurlashib, mustahkamlanib bormoqda. Muhimi, bu xalqlarimiz manfaatiga xizmat qilayotir.

Assambleyada ko‘tarilayotgan mavzularga to‘xtalsak, bu – ijtimoiy adolatni ta’minlashdek muhim masaladir. Bu har bir shaxsning huquqlari ta’minlanishiga sharoit yaratish bilan bog‘liq. Zotan, dunyoda bugun turli qarama-qarshilik, ixtiloflar yo‘q emaski, bundan odamlar jabr chekmayotgan bo‘lsa. Shunday muammolar yechimi haqida 180 dan ortiq mamlakat parlamentlari vakillari yig‘ilib, fikr almashishi o‘z natijasini beradi. Biz ham Ozarbayjonda aynan shu yo‘nalishda to‘plangan tajriba bilan bo‘lishamiz.  

Ushbu yirik xalqaro tadbir O‘zbekiston tomonidan yuksak darajada tashkil etilgan. Qulay muhit, dolzarb masalalar muhokamasi davom etayotgan Toshkent assambleyasi ovozini bugun butun dunyo eshitmoqda. Bu haqda jahon matbuoti yozmoqda va hali bu ko‘p davom etadi.  

O‘zbekistonga to‘rtinchi bor kelishim. Har safar kelganimda o‘zgarishlarga, ilgarilab ketayotgan rivojlanishga guvoh bo‘laman.

E’tirof etish kerakki, mamlakatlarimiz rahbarlari – Mirziyoyev va Aliyev o‘rtasida yuksak darajadagi siyosiy, o‘z navbatida, samimiy, ochiq muloqot o‘rnatilgan. Bu xalqaro tashkilotlar doirasida, jumladan, BMT, IHT, TDT kabi nufuzli tuzilmalarda ham bir-birini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. O‘zaro yaqin hamkorligimiz esa mamlakatlarimiz taraqqiyoti, xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qilmoqda.  

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/V2Ns0raURL0" title="Rizvan Nabiyev: Toshkent assambleyasi ovozini butun dunyo eshitmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

    Norgul Abduraimova,

    Abror Sodiqov (video), Ulug‘bek To‘xtayev (montaj), O‘zA