Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rizamat Soliyev: “Kurash orqali milliy qadriyatlarimiz dunyoda ommalashmoqda”
12:21 / 2026-01-27

Ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan kurash sporti haqida so‘z ketganda, ko‘z o‘ngimizga avvalo milliy bayrog‘imiz tuslarini eslatuvchi ko‘k va yashil yaktaklarda bellashayotgan sportchilar keladi.

Xalqaro sport maydonlarida, yurtimizdagi to‘yu-sayllar va turli musobaqalarda milliy sportimiz — kurashning jozibasini namoyon etayotgan shahdu-shijoatli sportchilar azaliy qadriyatlarimizni butun dunyoga keng targ‘ib etmoqda. Bu, albatta, e’tirofga loyiq voqelik.

Biroq, dunyoga mashhur kurashchilarni tayyorlayotgan, yoshlarga kurashning betakror usullarini qunt bilan o‘rgatayotgan murabbiy-ustozlar ba’zan ommaviy axborot vositalari e’tiboridan chetda qolib ketadi.

Bugun iftixor bilan aytish mumkinki, milliy sportimiz — kurashni xalqaro maydonda rivojlantirish, uni ommalashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining alohida e’tibori natijasida mardlik, jasurlik, vatanparvarlik va gumanizm g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan kurashni rivojlantirish, dunyoga tanitish va uni umumjahon sport durdonasiga aylantirish yo‘lida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Qisqa fursatda kurash o‘zbek milliy sporti sifatida Olimpiya harakati tizimidagi qator kompleks musobaqalar dasturiga kiritildi. Xususan, Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari, Islom birdamlik o‘yinlari doirasida kurash musobaqalari o‘tkazilib, “gilam”, “halol”, “ta’zim”, “yonbosh”, “to‘xta”, “yaktak” kabi o‘nlab o‘zbekona atamalar xalqaro sport maydonlarida baralla yangramoqda.

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Rizamat Soliyev bilan o‘tkazilgan suhbatda milliy terma jamoaning o‘tgan yilgi natijalari, joriy yilga mo‘ljallangan xalqaro musobaqalar taqvimi, kurashni jahonda yanada ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z bordi.

Shuningdek, bugungi kunda milliy terma jamoada qancha yosh sportchi shug‘ullanayotgani, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ham fikr almashildi.

Rizamat Soliyev bilan suhbatni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/_z54l_X6fA8?si=xeEHYUVdHkWyWZSH" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

To‘lqin Ro‘ziyev, Doniyor Yoqubov (video), Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA