VI Islom birdamligi o‘yinlarining sakkizinchi kuni ostonasida boks musobaqalari yakunlanib, qaysi terma jamoalar qancha medal jamg‘argani oydinlashdi
Xo‘sh, keyingi 4-5 yil oralig‘ida jahon va qit’a chempionatlarida, nufuzli turnirlarda yetakchilikni bermay kelayotgan mamlakatimiz bokschilarining yangilangan tarkibi Islom birdamligi o‘yinlarida kutilgan natijaga erisha oldimi?

Aytish lozim, O‘zbekiston terma jamoasining murosasiz janglar yakuniga ko‘ra, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgani e’tiborli bo‘ldi. Bu, 8 nafar bokschimizning 6 nafari sovrindor bo‘lganidan dalolat.

Ikkita oltin medalga egalik qilgan yigitlarimiz yana bir karra yetakchi jamoa ekanini namoyish etdi. Bokschi qizlar natijasi bilan qo‘shib hisoblaganda esa Turkiya jamoasi umumjamoada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Madiyor Daniyorov, Abdulloh Madaminov, Xumorabonu Mamajonova oltin, Odinaxon Ismoilova kumush, Zilolaxon Yusufova va Uzukjamol Yunusova bronza medallariga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, VI Islom birdamligi o‘yinlarida muvaffaqiyatga erishgan bokschilarimiz bugun tunda Toshkentga qaytib keladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA