French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Riyod – 2025” sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda
13:57 / 2025-11-20

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida davom etayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 26 ta oltin, 30 ta kumush va 26 ta bronzaga yetdi.

O‘yinlarning kechagi dasturida ayollar kurashi bo‘yicha 50 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Aktenge Keunimjayeva barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Shohida Ahmedova o‘z vazn toifasida kumush medal bilan taqdirlandi.

Yengil atletikaning 100 metrga to‘siqlar osha yugurish bellashuvlarida Lidiya Podsepkina marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, qilichbozlikning sablya yo‘nalishida Zuhriddin Qodirov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

[gallery-26346]

Bugunga qadar musobaqada umumjamoa hisobida Turkiya 68 ta oltin, 42 ta kumush va 30 ta bronza medal bilan karvonboshilik qilayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston delegatsiyasi jami 82 ta medalga ega chiqib ikkinchi o‘rindan joy ogan. Eronlik sportchilar 21 ta oltin, 18 ta kumush, 25 ta bronza medaliga ega chiqib, uchinchi o‘rinda qayd etildi.  

Bugun, 20 noyabr kuni VI Islom birdamligi o‘yinlarida vakillarimiz gandbol, yengil atletika va para atletika, erkin kurash, jiu jitsu, tuya poygasi va qilichbozlik kabi sport turlari bo‘yicha chiqish qiladi.

Javohir Toshxo‘jayev,  

Muhammad AMIN (surat),  

O‘zA