Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Riyod-2025”: Sportchilarimiz 4 yo‘nalishda bahslarga kirishadi
12:37 / 2025-11-08

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o‘yinlarida bugun, 8 noyabr kuni 7 ta sport turi bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi.

Futzal, boks, dzyudo va suzish sport turlari bo‘yicha o‘tadigan bellashuvlarda O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari ham ishtirok etadi.

Jumladan, futzal bahslarining 3-turida “A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi  Liviya bilan raqobatlashadi. Ushbu guruhdagi ikkinchi o‘yinda Ozarbayjon – Saudiya Arabistoni termalari o‘zaro to‘qnash keladi. “B” guruhida esa Afg‘oniston  – Marokash, Eron  – Tojikiston o‘rtasidagi uchrashuvlarga guvoh bo‘lamiz.

Dzyudo bellashuvlarida vazni -66 kg. bo‘lgan Zamohshari Bekmurodov Zeyd Raychin (Jibuti) bilan raqobatlashsa, -73 kg. vazn toifasida Shahram Ahadov mezbonlar vakili Abdulloh Hammadga qarshi ilk bosqichda kuch sinashadi.  

Boks bo‘yicha bahslarda Abdulloh Madaminov (-65), Madiyor Doniyorov (-60) o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.

Ma’lumot o‘rnida: 7 noyabr kuni VI Islom birdamligi o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Undagi paradda O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari ham ishtirok etdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA