Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Riyod-2025”: O‘zbekiston delegatsiyasi medallari 29 taga yetdi
10:14 / 2025-11-11

Saudiya Arabistoni mamlakati mezbonlik qilayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining navbatdagi kunida sportchilarimiz 5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jumladan, boks bahslarida Abdulloh Madaminov, Madiyar Daniyarov va Xumorabonu Mamajonova oltin, Odinaxon Ismoilova esa kumush medalga ega chiqdi. Og‘ir atletika bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda Sarvar Zafarjonov siltab ko‘tarish bo‘yicha oltin, dast ko‘tarishda kumush, ikkikurash yakuniga ko‘ra yana bir oltin medalga sazovor bo‘ldi. Kompleks suzish bo‘yicha 4x100 metrga aralash estafeta bahsida terma jamoamiz a’zolari uchinchi bo‘lib marraga yetib kelgan bo‘lsa, dzyudochilarimiz jamoaviy aralash bellashuvida ikkinchi o‘rindan joy oldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi VI Islom birdamligi o‘yinlarida 9 ta oltin, 12 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Bugun, 11 noyabr kuni o‘yinlarning futzal musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni termasi bilan bronza medali uchun o‘zaro raqobatlashadi. Shuningdek, yurtimiz sportchilari suzish, muaytay va og‘ir atletika bo‘yicha bahslarda ishtirok etadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA