Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining bugungi musobaqalarida ikki nafar sportchimiz ishtirok etadi. Jumladan, Alina Hakimova duatlon bahslarida ishtirok etsa, muay-taychimiz Sevara Dilmurodova (-65 kg.) bronza medali uchun jang qiladi.
O‘yinlarda, ertaga 15 noyabr kuni Taekvondo WT bo‘yicha bellashuvlar boshlanadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

15 noyabr: Jahongir Xudoyberdiyev (54 kg.), Madina Mirabzalova (57 kg.), Najmiddin Qosimxo‘jayev (74 kg.) va Madina Shoniyozova (46 kg.);
16 noyabr: Kamronbek Mansurov (60 kg.), Jasurbek Jayso‘nov (82 kg.), Laylo Hasanova (51 kg.) va Ozoda Sobirjonova (70 kg.);
17 noyabr: Diyorbek To‘xliboyev (67 kg.), Marat Mavlonov (+82 kg.), Diyora Azizova (63 kg.) hamda Svetlana Osipova (+70 kg.).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi medal jamg‘arishda 15 ta oltin, 17 kumush va 14 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Turkiya 54 ta oltin, 26 ta kumush va 17 ta bronza medal bilan karvonboshilik qilayotgan bo‘lsa, qozog‘istonlik sportchilar 10 ta oltin, 12 ta kumush, 13 ta bronza medaliga ega chiqib, uchinchi o‘rinda qayd etildi. Eron esa 10 oltin, 8 kumush va 17 bronza medal to‘plab to‘rt, Misr esa 10 ta oltin, 7 ta kumush va 12 ta bronza bilan kuchli beshlikni yakunlamoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA