“Riyod-2025”: Jahongir Xudoyberdiyev bronza medali bilan taqdirlandi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining bugungi dasturida delegatsiyamiz hisobiga yana bir bronza medali qo‘shildi.
Gap shundaki, taekvondo WT bahslarida -54 kg. vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Jahongir Xudoyberdiyev bronza medali uchun o‘tkazilgan bahsda turkiyalik Denis Dag‘delinni taslim etdi.
Darvoqe, gandbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi guruh bahslarining 2-turida Ozarbayjonni 28:26 hisobida mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, hozircha O‘zbekiston delegatsiyasi medal jamg‘arishda 15 ta oltin, 18 kumush va 17 ta bronza bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA