Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Riyod-2025": Dzyudochilarimiz umumjamoada 2-o‘rinni egalladi
10:08 / 2025-11-11

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining yettinchi musobaqalar kuniga kelib, dzyudo bahslarining barcha sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ldi.

E’tiborli jihati, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uch kunlik dzyudo musobaqalari yakuniga ko‘ra, yakkalikda 3 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan 32 ta davlat orasida umumjamoada 2-o‘rinni egalladi.

Zamohshari Bekmurodov va Shahzodxo‘ja Sharipov oltin, Xurshida Razzoqberdiyeva, Shahram Ahadov, Irisxon Qurbonboyeva kumush, Laziza Haydarova, Shukurjon Aminova, Marjona Ko‘chimova, Alisher Yusupov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

VI Islom birdamligi o‘yinlarining aralash jamoaviy bellashuvlarida Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Kamerun, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni terma jamoalari ishtirokidagi murosasiz bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, hamyurtlarimiz kumush medalga egalik qildi.

Aralash jamoaviy bahslarning oltin medali Ozarbayjon jamoasiga, bronza medali esa Turkiya va Qirg‘iziston vakillariga nasib etdi.

Aytish lozim, mamlakatimiz dzyudochilari 2022 yil Turkiyada tashkil etilgan V Islom birdamligi o‘yinlarida 6 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoada 1-o‘rinni egallagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ar-Riyodda 11 ta medalga sazovor bo‘lgan dzyudochilarimiz 12 noyabr kuni Toshkentga qaytib kelishadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA