Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rivojlanayotgan xo‘jalik
10:57 / 2025-08-22

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi “Otaxon Reymov” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi bog‘dorchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. 

Xo‘jalik yer maydoni 8 gektarni tashkil etadi. Shundan 3 gektarida uzumzor barpo etilgan bo‘lib, qolgan maydonlarda turli mevali daraxtlar parvarishlanadi. Shuningdek, boquvda 30 bosh qoramol ham bor. 

[gallery-24891]

Fermer xo‘jaligi rahbari Otaxon Reymovning ta’kidlashicha, kelgusida xo‘jalik faoliyatini yanada kengaytirish, yangi bog‘lar tashkil etish, chorva mollari sonini ko‘paytirish va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan. Bu esa o‘z navbatida, hududda aholi bandligi va farovonligining oshishiga xizmat qiladi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA