Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rivojlanayotgan mamlakatlarda koronavirus tufayli siyosiy inqiroz yuz berishi mumkin
12:52 / 2020-05-13

Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiy qiyinchilikni boshdan kechirmoqda.


Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiy qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. Bu esa ayrim mamlakatlarda siyosiy inqirozni keltirib chiqarishi mumkin, dedi Yevropa Ittifoqi vakili Jozep Borrel “Interfaks” agentligiga.

Uning taʼkidlashicha, bunday davlatlarda migrantlarni qabul qilish sezilarli darajada qisqaradi, chunki qabul qiluvchi mamlakatlarning ham iqtisodiy faolligi pasaygan. Neft narxi tushib ketishi bois daromadning pasayishi rivojlanayotgan mamlakatlarda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. “Gap faqat neft haqida emas, balki umuman tabiiy resurslar haqida bormoqda. Yana turizm ham katta zarar koʻradi”, – deydi Borrel.

Diplomatning taʼkidlashicha, rivojlanayotgan mamlakatlarni moliyalashtirish manbalari ham qisqaradi. “Bularning barchasi, shubhasiz, dastlab iqtisodiy, keyin siyosiy muammolarni keltirib chiqaradi”, dedi u.

Borrelning fikricha, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining barchasi ushbu muammo bilan toʻqnash keladi.

Avvalroq Jahon bankining taraqqiyot va sheriklik boʻyicha boshqaruv direktori Mari Pangestu qashshoq mamlakatlar pandemiya tufayli ogʻir vaziyatga tushib qolishini aytgan edi. Uning taʼkidlashicha, pandemiya sharoitida oziq-ovqat tanqisligi roʻy berishi mumkin, qolaversa, import qilish imkoniyati ham kamayadi.