“Rivoj Moliya” mikromoliya tashkilotining ikkinchi filiali o‘z faoliyatini boshladi
“Rivoj Moliya” mikromoliya tashkilotining ikkinchi filiali Sirdaryo shahrida o‘z faoliyatini boshladi.
Tashkilot asosan yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va kichik biznes sub’ektlarini mikromoliyaviy xizmatlar bilan ta’minlash yo‘nalishida ish olib boradi.

Jismoniy shaxslar uchun 100 million so‘mgacha mikroqarzlar, tadbirkorlar uchun 300 million so‘mgacha mikrokreditlar, shuningdek, faktoring va lizing xizmatlari taqdim etiladi.
Moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Rivoj Moliya” mikromoliya tashkilotining filiallari sonini 2025 yilning oxirigacha 6 taga yetkazish rejalashtirilgan.
O‘zA