Farg‘ona viloyati Rishton tumanida Xalqaro kulolchilik forumi yakunlandi.Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan xalqaro hunarmandchilik festivali bilan uyg‘un holda tashkil etilgan tadbirda 22 ta xorijiy davlat va yurtimizning turli hududlaridan kulollar ishtirok etdi.
Forum doirasida Turkiyaning Kutaxya shahri va Rishton tumani o‘rtasida birodar shaharlar memorandumi imzolandi.
Memorandum imzolash tadbirida Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov, Kutaxya shahri hokimi Alim Ishik ishtirok etishdi.
Memorandumni imzolashdan ko‘zlangan asosiy maqsad Rishton tumani va Kutaxya shahri o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish, ikki tomon o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Kutaxya shahri o‘zining noyob kulolchilik mahsulotlari bilan dunyoga mashhur bo‘lib, Turkiya milliy kulolchilik an’analarining yetakchisi hisoblanadi.
Bugun Xalqaro kulolchilik forumining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Nominatsiya g‘oliblari ro‘yxati bilan tanishing:
"Eng yaxshi kulol"
- Alisher Nazirov (Rishton tumani);
- Adil Abdul Chani Bil (Malayziya);
- Odilbek Rahimov (Xorazm).
"Eng yaxshi kulolchilik maktabi ustasi"
- Akasura Taraxeri (Yaponiya);
- Mirzobahrom Abduvahobov (Andijon);
- No‘’mon Obloqulov (Samarqand).
"Kulolchilik bo‘yicha sulola davomchisi"
- Ilhom Bobomurodov (Samarqand);
- Xan Lui (Xitoy);
- Hasan Sharipov (Buxoro).
"Qadimiy an’analarni qayta tiklagan kulol"
- Vahob Buvayev (Namangan);
- Ismoiljon Komilov (Rishton tumani);
- Kristina Vilij (Gretsiya).
"Eng yosh mahoratli kulol"
- Javlon G‘aniyev (Shahrisabz);
- Doniyar Bobanov (Qozog‘iston);
- Xumoyun Zokirov (Farg‘ona).
"Энг mohir ayol kulol"
- Dilnoza Otajanova (Xorazm);
- Dilbar Umarova (Turkmaniston);
- Galina Visel (Rossiya).
M.Sulaymonov, O‘zA