Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rishtonda turistik majmua va kulolchilik markazi ish boshladi
17:49 / 2023-08-07

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatining bir necha asrlik tarixga ega Rishton kulolchiligi bugungi kunda ham yetti iqlimda mashhur.  

Rishtonlik usta-kulollar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar o‘zining dizayni, tabiiy rangi va qalampir nusxali naqshlarga boyligi bilan ajralib turadi. Ayni kunlarda bu an’analar yangi bosqichda davom ettirilmoqda. Jarayonda tadbirkorlar ham faol ishtirok etayotir. Jumladan, tadbirkor Islomjon Orifjonov “Chinor plyus 2020” turistik majmuasi hamda kulolchilik markazini barpo etib, an’analar davomiyligini ta’minlashga hissa qo‘shdi.

[gallery-13046]

Tumanning “Oqer” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan majmuaning loyiha qiymati 37 milliard so‘mni tashkil etdi.

Turistik majmuada mehmonxona, yozgi va qishki basseyn va boshqa xizmat ko‘rsatish shoxobchalari joylashgan. Ayniqsa, rishtonlik usta kulollarning mahsulotlar galereyasi o‘rin olgan kulolchilik markazi bu yerga kelgan sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA