Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rishtonda qidiruvga berilgan mashina Farg‘onada ushlandi
10:05 / 2021-11-10

Majburiy ijro byurosi Rishton tuman bo‘limi tomonidan Iqtisodiy ishlari bo‘yicha Toshkent tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, undiruv amalga oshirildi.

Mazkur ishda qarzdor A.L dan “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” MCHJ foydasiga 153 million 689 ming so‘m kredit qarzi undirish va undiruvni garovga qo‘yilgan transport vositalariga qaratish belgilangandi.

Shundan so‘ng “Sinotrac Golden Prince” rusumli yuk mashinasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Tezkor qidiruv natijasida yuk mashinasi Farg‘ona shahar hududidagi qurilish ob’ektlarining biridan topilib, jarima maydonchasiga olib kirilgan.

Bu esa yuqoridagi qarzdorlikni to‘liq bartaraf etilishiga xizmat qildi.

Maftuna KARIMOVA, O‘zA