Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rishtonda mahalla kutubxonasi ochildi
16:22 / 2025-08-21

Rishton tumanidagi Qoshqayron mahallasida eng o‘qimishli aholi istiqomat qiladi, deydilar. Chunki aynan shu mahalla yoshlari har yili oliy o‘quv yurtlariga eng ko‘p talaba bo‘ladi, kitobxon oila tanlovida esa hamisha g‘oliblikni qo‘ldan bermaydi. Mana endi “Qoshqayron” MFYning o‘z kutubxonasi bor.

Endi kutubxona mahallada kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirish, yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va aholiga keng ko‘lamli ma’naviy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

– Bugun mahallamizda ochilgan kutubxona yoshlarni ma’naviy kamol toptirish, ularda kitobga muhabbat uyg‘otish, erkin fikrlay oladigan yoshlarni tarbiyalashda muhim maskan bo‘lib xizmat qiladi.  

Biz bu yerda turli adabiy kechalar, yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishni rejalashtirganmiz, – dedi “Buvijonlar maktabi” rahbari, mahalla faoli B. Saidova.

Shuni aytish lozimki, kutubxona O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 50 million so‘mlik granti asosida qurilib ishga tushirildi.  

Muhammadjon Obidov, O‘zA