French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rishtonda kelin qaynonasini tunadi
14:45 / 2021-06-21

Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Ar-Roshidoniy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi S.D ismli ayol IIBga murojaat qilib, uyiga o‘g‘ri tushganini ma’lum qilgan.

Joriy yilning 12 iyun kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda qirib, mehmonxonasidagi temir seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochib, narxi 4 million 200 ming so‘mlik ikki dona tilla sirg‘a, narxi 3 million 600 ming so‘mlik bir dona tilla zanjir, narxi 2 million so‘mlik bir dona tilla uzukni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchi S.D. ismli ayolning birga yashovchi kelini K.X. sodir etganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-modda 1-qismiga qayta malakalangan.

 

M.Sulaymonov, O‘zA