Ijtimoiy tarmoqlarda Rishton tumanida yashovchi fuqaro ikki nafar farzandi bilan bedarak yo‘qolganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 21 fevral kuni fuqaro G.N. voyaga yetmagan ikki nafar farzandi bilan yashash xonadonidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Qidiruv tadbirlari davomida, ayolning bir farzandi - voyaga yetmagan Sh.X.ning murdasi Katta Farg‘ona kanalining Bag‘dod tumanidan oqib o‘tgan qismidan topilgan va tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Mazkur holatda bedarak yo‘qolgan fuqarolarni qotillik qurboni bo‘lishi mumkinligi inobatga olinib, ushbu holatni kelgusida tergov yo‘li bilan tekshirib, aniqlik kiritish maqsadida joriy yilning 4 mart kuni Jinoyat kodeksning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazish bilan bir qatorda, bedarak yo‘qolgan G.N. va uning bir nafar farzandini topish yuzasidan barcha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.
O‘zA