Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rishton kulolchilik mahsulotlari AQSHni zabt etadi
10:43 / 2022-07-27

Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Mingboshi keramik” kulolchilik klasteri hamda Amerikaning “Diamond (USA) inc” kompaniyasi o‘rtasida 5 million dollar miqdorida eksport shartnomasi imzolangan edi.

Kuni kecha 80 ming AQSH dollari hajmidagi zamonaviy kulolchilik mahsulotlari okean orti mamlakatiga yuborildi.  

–AQSHga muntazam ravishda eksport faoliyatini amalga oshirish ishlariga kirishildi. Ishonamizki, yaqin istiqbolda Rishton kulolchiligi mahsulotlari “sehrli diyor”ni zabt etadi, – deydi klaster rahbari Shokirjon Ahmadjonov.  

bugungi kunda kulolchilik klasterida tayyorlanayotgan betakror mahsulotlar qo‘shni davlatlar, shuningdek, Rossiyaga eksport qilinmoqda. Turkiya, Italiya, Buyuk Britaniya bozorlariga chiqarish bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishilgan. 


M. Sulaymonov, O‘zA