Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rishton kulolchiligi Rossiyada elektron savdo platformalari orqali targ‘ib etiladi
12:31 / 2023-02-12

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilib o‘sgan Abbosbek Mamayev bir necha yillardan buyon Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida faoliyat yuritadi. Uning ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlikni targ‘ib etuvchi va katta auditoriyaga ega kanallari bor.

 -Rishtonlik  kulollarimiz bilan samimiy suhbatlashdik, shu tariqa hamkorlikda ishlash bo‘yicha yangi rejalar tuzdik, — deydi yosh tadbirkor Abbosbek Mamayev. — Shuningdek, «Mingboshi keramik» kulolchilik klasteri, «R+Koron» xususiy korxonasiga qarashli kulolchilik muzeyi faoliyati bilan tanishdim.

O‘z navbatida «Chinor+” turistik majmuasi hamda paxta-to‘qimachilik klasteri - «Ruso‘zbekteks» xorijiy korxonasi tasarrufidagi yangi qurilayotgan to‘qimachilik fabrikasi bo‘ldim. Umuman olganda, Rishton tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘plab tadbirkorlar bilan muloqot yangi-yangi g‘oyalarga, loyihalarga turtki berdi.

Xususan, istiqbolli hamkorlik kelishuvi asosida yaqin kunlardan boshlab Rishton kulolchiligi Abbosbek boshchiligida Rossiyadagi elektron savdo platformalari orqali keng targ‘ib etiladi. Bu mahalliy tadbirkorlarga eksport imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashishi bilan ahamiyatlidir.

 

M.Sulaymonov, O‘zA