Xabar berganimizdek, Toshkentdagi “Humo Arena” sport saroyida boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining g‘oliblari, jahon chempionlari hamda bir qator tajribali va yoshlar ishtirokida professional boks musobaqasi tashkil etildi.
Professional boks oqshomining asosiy jangi Rio olimpiadasi g‘olibi Fazliddin G‘oibnazarov va Jamshid Karimov o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Shiddatli o‘tgan bahsda bugungacha professional boksda 11 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan Jamshid Karimov Rio olimpiadasi g‘olibi Fazliddin G‘oibnazarovga ochkolar hisobi bo‘yicha imkoniyatni boy berdi.
Turnirda birinchi yarim o‘rta vazn (63,5 kg) toifasida qit’alararo WBA kamari uchun Armaniston vakili Ovannes Bachko va meksikalik Markos Gonsales Barraz bahsida Bachko g‘alabaga erishdi.
Shuningdek, yakunlangan boks oqshomida Jono Kerroll (Irlandiya) ruminiyalik Jeyms Cherejinini, qozog‘istonlik Bereket Tairov qirg‘izistonlik Jakipbek uulu Jarkinbekni, hamyurtimiz Suxrob Qayumov tojikistonlik Dovud Mahkamovni, yurdoshimiz Anvar Turapov qozog‘istonlik Asan Mahmudovni, Islom Mo‘minov Asilbek Vahobovni mag‘lub etdi.
O‘zA