Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rimda Konstitutsiyamiz bayrami keng nishonlandi
21:20 / 2023-12-08

Har qanday davlatning yuzi, obro‘-e’tibori Konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Zotan, Qomus davlatni, millatni dunyoga tanitadigan bosh Qonundir.

Bugun barchamiz tinch, farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligini ko‘tarinki ruhda nishonlamoqdamiz.

Xuddi shunday bayram tadbiri Italiya poytaxti Rim shahrida joylashgan Parso Dei Prinsipi mehmonxonasida ham bo‘lib o‘tdi. Anjumanda mamlakatimizning Italiyada yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, Rimda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz, talaba yoshlar ishtirok etdi.

– 2023 yil ahamiyatli voqealar ko‘p bo‘ldi, dedi Elchi o‘z nutqida. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil iyun oyida Italiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabat strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. 11 ta hukumatlararo va idoralararo hujjat imzolandi. Rimda ikki tomonning 200 dan ziyod tadbirkorlari, kompaniyalari ishtirokida qo‘shma biznes-forum tashkil etildi. Milanda Italiyaning yirik kompaniyalari, uyushma va banklari rahbarlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Joriy yil noyabr oyi boshida Prezident Serjio Mattarellaning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirildi va ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida mintaqaviy hamda xalqaro miqyosdagi hamkorlikka doir muhim masalalar yuzasidan keng ko‘lamli muloqot bo‘lib o‘tdi. Ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalarida beshta muhim idoralararo hujjat imzolandi. Yuqorida qayd etilgan barcha sa’y-harakatlar O‘zbekiston – Italiya munosabati bugun jadal rivojlanib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Tadbirda Italiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Federiko Failla ham barchani bayram munosabati bilan tabrikladi.

Nazokat Rajabova,

O‘zAning Italiyadagi muxbiri