Rim Papasi vafot etdi
Rim Papasi Fransisk 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda Muqaddas taxt matbuot xizmati xabar berdi.
– Hurmatli birodarlar va opa-singillar, chuqur qayg‘u bilan eng muqaddas otamiz Fransisk vafot etganini e’lon qilishim kerak, – dedi kardinal Farrell bayonotda. – Pontifik 21 aprel kuni soat 07:35 da vafot etdi. U butun hayotini tangri va uning cherkoviga xizmat qilishga bag‘ishlagan edi.
Bir kun oldin Fransisk Pasxa bayrami munosabati bilan Avliyo Pyotr sobori ayvonida, omma oldida paydo bo‘lib, sodiqlarni duo qilgandi. Pontifik bir necha so‘z aytishga ham muvaffaq bo‘lgan. O‘sha kuni u juda zaif ko‘ringan. Shunga qaramasdan, Pasxa bayrami tadbirlarida qatnashmoqchiligini aytgan.