Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rim Papasi Qozog‘istonga keladi
17:55 / 2022-08-01

Rim Papasi Fransisk Prezident Qosim-Jomart Toqayev taklifiga binoan 14-15 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi.

Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida mamlakat oliy rahbariyati bilan uchrashuv, shuningdek, Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining VII qurultoyida ishtirok rejalanmoqda.

Vatikan matbuot xizmati bu ma’lumotni tasdiqlarkanb, pontifik kongress ishida qatnashib, “Qozog‘istonga apostol sayohatini amalga oshiradi”, dedi.

Avvalroq Vatikandan olingan xabarga ko‘ra, Rim Papasi hamda Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill bilan Qozog‘iston poytaxtida ko‘rishishi haqida ma’lumot tarqatilgandi.

14-15 sentyabr kunlari Nur-Sulton shahrida Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining VII qurultoyi bo‘lib o‘tadi. 2018 yil VI qurultoyda 45 mamlakatdan 80 dan ortiq delegatsiya ishtirok etgan.