Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rikkardo Manara: Italiya va O‘zbekiston doim bir-biriga yaqin do‘st bo‘lgan
22:18 / 2023-12-14

Toshkentda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston – Italiya: hamkorlikning yangi ufqi” mavzusidagi anjumanda ishtirok etgan Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq Favqulodda va muxtor elchisi, Osiyo, Afrika va O‘rta yer dengizi instituti (ISMAA) xodimi Rikkardo Manara O‘zbekiston va Italiya davlatlari hamma vaqt qalin do‘stlik munosabatini saqlab kelganini alohida ta’kidladi.

Ekspert ta’kidlaganidek, davlatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy muloqot faol rivojlanishda davom etmoqda. Shu haqda gapirib, diplomat yaqinda ketma-ket amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflarni yuqori baholadi.

O‘zbekiston va Italiya Prezidentlarining samarali muloqoti ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga kuchli turtki berayotgani qayd etildi.

Manara madaniy sohadagi hamkorlik holatiga ham to‘xtaldi:

– Italiya madaniy merosni saqlash bo‘yicha boy tajribaga ega bo‘lib, bu boradagi bilimi bilan o‘rtoqlashishi mumkin.

O‘zA