Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rigadan ko‘p sonli sayyohlar kutilmoqda
15:45 / 2019-04-18

O‘tgan yil Latviyadan yurtimizga 1 ming 300 nafarga yaqin sayyoh kelgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni qariyb besh ming nafar bo‘lishi kutilmoqda.


O‘tgan yil Latviyadan yurtimizga 1 ming 300 nafarga yaqin sayyoh kelgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni qariyb besh ming nafar bo‘lishi kutilmoqda.

Latviya Yevropa Ittifoqi a’zosi. Bu davlatda ta’lim olgan talaba MDH va Yevropaning 27 ta davlatida bemalol ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi yurtimiz yoshlarini ham o‘ziga jalb etmoqda. Ayni vaqtda mazkur davlatdagi eng ilg‘or universitetlarda ko‘plab o‘zbekistonlik yoshlar tahsil olmoqda. 

Botir Mirzagaliev Latviyaning Axborot tizimlari menedjmenti (ISMA) oliy maktabida tahsil olayotgan vatandoshlarimizdan. Quvonarlisi so‘nggi paytlarda mamlakatimizning turizm salohiyatini targ‘ib qilish va ommalashtirishda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning faol ishtirokiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

photo5312408434282441390.jpg

B. Mirzagaliev ham Riga shahrida O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib etish ishlarini olib bormoqda.

– Latviyaning Axborot tizimlari menedjmenti oliy maktabida tahsil olayotgan, turli davlatlardan kelgan kursdoshlarim va boshqa talabalar yurtimizning turizm salohiyatiga juda qiziqadi, – deydi B.Mirzagaliev. –Latviyaliklar orasida O‘zbekistoning turizm brendini ommalashtirishda ishtirok etishni xohlovchilar, o‘zlarining tashabbuslarini ilgari surishmoqda. Bugun hamma saboqdoshlar birgalashib, o‘zbek diasporasi bilan volontyorlar guruhini tuzishga kelishib oldik.

O‘zbekistonning turizm brendini jahon miqyosida ommalashtirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan xorijlik sayyohlar oqimini kupaytirishda vatandoshlarimizning katta qiziqishiga va ular safi kengayishiga Prezidentimizning “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda.

photo5312408434282441391.jpg

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xorijda O‘zbekistonni tanitish, o‘zbek xalqining boy madaniyati, tarixi, milliy urf-odatlari va milliy taomlari haqida ma’lumotlar berish orqali mamlakatimizga sayohat qilishga chorlamoqda. 

Qayd etish joizki, o‘tgan yil Latviyadan yurtimizga 1 ming 300 nafarga yaqin sayyoh kelgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni qariyb besh ming nafar bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdimoti o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirokchilarga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekistonning turizm salohiyatini aks ettiruvchi targ‘ibot materiallarini tarqatdi.