Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
RF Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasiga o‘zgarish kiritmoqchi
15:57 / 2025-12-25

“Bloomberg” nashri Kreml manbalariga tayanib, Rossiya Ukraina va AQSH tomonidan ishlab chiqilgan 20 banddan iborat tinchlik rejasiga muhim o‘zgarishlar kiritish niyatida ekanligini xabar qilmoqda.

Rasmiy Moskva buni keyingi muzokaralar uchun boshlang‘ich nuqta sifatida hisoblab, hujjatda RF uchun zarur bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqilmaganligini ma’lum qilgan.

Ekspertlar fikricha, Rossiya NATOning kelajakda sharqqa qarab kengayishi va Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilgan taqdirda uning betaraf maqomidan xavotirda.

Ta’kidlanishicha, Kreml hujjatni “Ukrainaning odatiy rejasi” deb biladi, ammo mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni muhokama qilishdan oldin uni xotirjamlik bilan o‘rganish niyatida.

S.Rahimov, O‘zA