RF “Starlink” sun’iy yo‘ldoshlariga qarshi qurol ishlab chiqarmoqchi
Rossiya Ilon Maskning “Starlink” tizimini nishonga oladigan sun’iy yo‘ldoshga qarshi yangi qurol ishlab chiqarmoqchi, bu Ukrainaga jang maydonida yordam bergan G‘arbning kosmik ustunligini cheklashga qaratilgan, deb yozdi “Associated Press” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, bu “hududga asoslangan” qurol bo‘lib, yuz minglab yuqori zichlikdagi snaryadlarni orbitaga joylashtirishni o‘z ichiga oladi. Bu snaryadlar bir vaqtning o‘zida bir nechta “Starlink” sun’iy yo‘ldoshlarini o‘chirib qo‘yishi mumkin.
Ekspertlar fikricha, bunday quroldan foydalanish kosmosda nazoratsiz tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Xabarda ruslar bunday qurolni qachon joylashtirishi yoki sinovdan o‘tkazishi aniq qayd etilmagan.
S.Rahimov, O‘zA