French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
RF Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida ishtirok etmaydi
11:04 / 2022-08-09

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh Assambleyasining sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan 77-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka bormaydi.

Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, – deb yozadi “TASS”.

Joriy yilning 20-26 sentyabr kunlari Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasining yuqori darajadagi haftaligi bo‘lib o‘tadi.

An’anaga ko‘ra, mazkur sessiyada mamlakat prezidentlari va bosh vazirlari, shuningdek, vazirlar qatnashadi. Bu yil Rossiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qiladi.