Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
RF josus dronlari GFRga bosimni kuchaytirmoqda
20:12 / 2025-09-10

Germaniyada Rossiyaga tegishli josus dronlar tobora jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Avval faqat havodan kuzatuv qayd etilgan bo‘lsa, endi uchoqlar kemalardan ham uchirilayotgani taxmin qilinyapti. Bu holat olmon yurti xavfsizlik tizimida jiddiy bo‘shliq mavjudligini ko‘rsatadi.

O‘tgan hafta Shlezvig-Golshteyn va Quyi Saksoniya politsiyasi Kil portida Skaylark kemasini taftish qila boshladi. Bu manzil mamlakat shimolidagi strategik ob’ektlarga qarata dron yo‘naltirish nuqtasi sifatida gumon qilinmoqda.

Mutaxassislar fikricha, Rossiya sanksiyasidan qochish uchun foydalanayotgan “soyali flot”dagi kemalar aynan razvedka maqsadida yerdan boshqariladigan uchoq uchirishi mumkin.

Muammo shundaki, GFR hududida dronga qarshi kurash mas’uliyati bo‘linib ketgan. Harbiy ob’ekt uzra parvoz taqiqlangan, ammo fuqarolik infratuzilmasi masalasida vaziyat aniq emas. Xalqaro suv hududidan ko‘tarilgan dronni Germaniya to‘xtata olmaydi. Xullas, qonunchilikdagi bo‘shliq mavjud xavfni yanada kuchaytirmoqda.

Ekspertlar bunday gibrid xatarni samarali jilovlash uchun federal va mahalliy idoralar o‘rtasida aniq hamkorlik zarurligini ta’kidlamoqda. Zero, tahdid faqat Germaniya emas, butun NATO sharqiy qanotiga qaratilgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA