Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
RF dengiz neft terminaliga dron hujumi uyushtirildi
13:15 / 2025-12-23

Kuni kecha Rossiyaning Krasnodar hududidagi “Tamanneftegaz” dengiz neft terminaliga dronlar hujum qildi. Bu haqda “RBK” nashri ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, zarbalar natijasida neft yuklash terminali, suyultirilgan neft gazi terminali va port infratuzilmasidagi uskunalarga zarar yetkazilgan, natijada yirik yong‘in yuzaga kelgan. 

Ayrim manbalar mazkur hujum Ukrainaning bosh razvedka boshqarmasi (GUR) tomonidan amalga oshirilganini yozib chiqdi.

Ma’lumki, “Tamanneftegaz” tomonidan boshqariladigan “Taman” yuk tashish majmuasi Qora dengiz mintaqasidagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi. Uning neft mahsulotlari va suyultirilgan gaz uchun umumiy saqlash sig‘imi 1 million kubometrdan oshadi.

S.Rahimov, O‘zA