Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
RF AQSH Davlat kotibini “qora ro‘yxat”da saqlamoqda
17:54 / 2025-03-18

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Moskva AQSH Davlat kotibi Marko Rubioga nisbatan sanksiya bekor qilingani haqidagi da’volarni rad etib, bu “soxta xabar” dedi. Bu haqda “China Daily” yozgan.

– Unga qarshi sanksiya hali bekor qilinmagan, bu aniq soxta xabar – dedi Mariya Zaxarova va cheklovlar kuchida ekanini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Rubio va RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasidagi suhbatdan so‘ng sanksiya to‘xtatilgani to‘g‘risida axborot paydo bo‘lgandi.
Rubio 2022 yil may oyida Rossiya tomonidan AQSH fuqarolari nishonga olingan sanksiya ro‘yxatiga kiritilib, uning mamlakatga kirishi taqiqlangan edi.

Musulmon Ziyo, O‘zA