Reyting turniri davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida an’anaviy “Toshkent kuzi” reyting turniri davom etmoqda.
6 turdan so‘ng, “A” guruhida Komiljon Azizov, Behruz Umarov, Sardorbek Saidov 5,5 ochkodan jamg‘argan holda guruhda yetakchilik qilmoqda. Qizlar o‘rtasida esa Shohina Ahmedova 6 imkoniyatdan 5 ochko to‘plab, tengdoshlaridan oldinda boryapti.
[gallery-9156]
“B” guruhida Behruz Azizov 6 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘arib, yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Qizlar o‘rtasida Shirina Sobirova guruh peshqadami. Uning hisobida 5 ochko bor.
Reyting turniri 19 oktyabrga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA