Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reyn daryosi suvi sathi rekord darajada pasaydi
11:32 / 2022-08-09

Niderlandiyada qurg‘oqchilik tufayli Reyn daryosi sathi rekord darajaga yaqinlashdi. Bu haqda dushanba kuni Yevropa Komissiyasi ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi, deya xabar berdi “Trend”.

- Niderlandiya hududidagi Reyn daryosida suv sathi tarixiy eng past darajaga yaqinlashdi, - deyiladi bayonotda. – Suratda daryoning sezilarli torayishi aniq ko‘ringan. Qurg‘oqchilik va yong‘in Yevropada iqlim o‘zgarishi natijasidir.

YeK ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining, deyarli, 50 foizi bu yoz qurg‘oqchilikka duch keldi. Natijada hosilning 10-15 foizi nobud bo‘lishi xavfi yuzaga chiqdi. Harorat ko‘tarilishi va suv taqchilligi ko‘hna qit’ada ko‘plab o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘ldi.