Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reyd tadbirlari o‘tkazildi: niqobsiz ishlayotgan oshpazlar, vaksina olmagan sotuvchilar... (+video)
19:28 / 2022-01-25

Poytaxtimiz Toshkent shahrida ovqatlanish shoxobchalari va tadbirkorlik sub’ektlarida karantin qoidalariga amal qilish holatlari qanday?

«Anjir» milliy taomlar kafesiga borganimizda, taxminan kechki soat 19:00 edi. Xo‘randalar ko‘p bo‘lgani bois, qizg‘in ish jarayoni ustidan chiqdik. Kafe xodimlarining aksariyati tibbiy niqob taqqan. Ayrim ishchi-xodimlar, asosan, oshpazlarning tibbiy niqob taqmaganiga yoki shunchaki iyagiga tushirib olganiga guvoh bo‘ldik. Kelganimizdan xabar topgan kafe xodimlarining ko‘plari chaqqonlik bilan tibbiy niqoblarini taqib olishga, bir-birlarini zudlik bilan ogohlantirishga ulgurdi.

Kafe xodimlarning koronavirus infeksiyasiga qarshi profilaktik emlashdan o‘tganligi holati o‘rganildi. Mazkur tadbirkorlik sub’ektida 48 nafar xodim faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ularning 30 nafari koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan, 18 nafari esa vaksina olmagan.

KEYINGI MANZIL...

Keyingi manzilimiz «Korzinka» supermarketi bo‘ldi. Ichkariga kirishdan oldin xaridorlarning tana harorati o‘lchanib, qo‘llari antiseptik vositalar bilan zararsizlantirilmoqda. Niqob taqmaganlarga tibbiy niqob taqdim qilinib, karantin qoidalariga rioya etish talab qilinmoqda.

Menejerlarning aytishicha, mazkur savdo ob’ektida 100 nafar xodim ishlaydi va ularning deyarli barchasi koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan. Ammo, o‘sha yerning o‘zida buni tasdiqlovchi hujjatlarni bizga taqdim etisholmadi.

TO‘YXONADA...

Reyd tadbiri davomida “Yakkasaroy premium” MCHJga qarashli «Yakkasaroy» to‘yxonasida ko‘p sonli mehmonlar ishtirokida nikoh kechasi o‘tkazilayotganining guvohi bo‘ldik. Ish yurituvchilarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur to‘yda 200-250 nafar mehmon ishtirok etmoqda.

Barchamizga ma’lumki, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish xavfi, asosan, yopiq joylardagi jamoaviy tadbirlarda yuqori bo‘ladi. Ana shularni inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasining 2021 yil 6 iyuldagi bayoniga muvofiq, 1 avgustdan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Tadbirkorlarga Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilingan mazkur bayonlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/o-AEFh3pVwM" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Mohigul Qosimova, Yoqubjon Meliboyev (video), O‘zA