Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Reyd: Oqova suvga chiqindi to‘kkan shaxs javobgarlikka tortildi (+video)
18:56 / 2025-12-17

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining ayrim hududlarida go‘shtsozlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tomonidan atrof-muhitga zarar yetayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, qassoblar tomonidan oqova suvlarga qon sarqiti oqizilishi tufayli havoga qo‘lansa hid tarqayotgani iddao qilingan.

Murojaat befarq qoldirilmadi... 

Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi mutasaddilari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur xabar ortidan joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘tkazilgan tekshiruvda murojaatda tilga olingan hudud — “Sayid ovul baxt” MFY hududidan oqib o‘tuvchi ochiq suv havzasi ekanligi aniqlanib, kunu-tun nazorat reydlari yo‘lga qo‘yilgan. 

  Nazorat chog‘ida esa 1994 yilda tug‘ilgan O‘rta Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.L. o‘z uyidan chiqqan oqova suvlarni avtotransport vositasida ushbu hududga olib kelib, to‘kish jarayonida qo‘lga olingan. Unga nisbatan amaldagi tartibga ko‘ra, MJtKning 72-moddasi birinchi qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda 2 mln 60 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.

 Qoidabuzar foydalanayotgan avtotransport vositasi esa vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 

Boshqarma mutasaddilari tomonidan nazorat reydlari davom etmoqda.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/D6-qMp7yE7s?si=ERPx64t9SE-qz9VN" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, O‘zA