Reuters: Xitoyning Rossiyadan neft importi fevral oyida rekord darajaga yetadi
Treyderlar ma’lumoti va yuk tashish yo‘nalishlari tahliliga ko‘ra, Rossiyaning Xitoyga neft eksporti o‘sishda davom etmoqda va fevral oyida yangi rekord darajani ko‘rsatadi. Yuk tashish hajmi kuniga 2,07 million barrelga yetishi kutilyapti. Bu yanvar oyidagi 1,7 million barreldan ancha ko‘p. O‘sish darajasi mustaqil neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan amalga oshirilayotgan faol xarid holati bilan bog‘liq. Qolaversa, endilikda Hindiston sotib olishni qisqartirgandan keyin, XXR neftni sezilarli darajada arzon narxda sotib olmoqda.
"Reuters" nashri “Vortexa Analytics” agentligiga tayanib xabar berishicha, Xitoy 2025-yil noyabrda Hindiston o‘rnini egallab, dengiz yo‘li orqali RF neftining asosiy xaridoriga aylandi. G‘arb sanksiyasi va AQSH bilan savdo bitimi bo‘yicha muzokara olib borish zarurati ortidan yuzaga kelgan bosim Hindistonni dekabr oyida Rossiyadan neft importini ikki yillik eng past darajaga tushirishga majbur qildi. Mazkur ko‘rsatkich fevral oyida kuniga 1,159 million barrelgacha pasayishi bashorat qilingan.
S.Rahimov, O‘zA