Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Retseptsiz beriladigan dori vositalarining ro‘yxatini Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlash bekor qilinadi
10:32 / 2022-10-27

Kuni kecha qabul qilingan “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab retseptsiz beriladigan dori vositalarining ro‘yxatini Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlash bekor qilinadi.

Bunda, dori vositalarining retsept bo‘yicha va retseptsiz berilishi ularning tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.  

Shuningdek, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash shifoxona orqali amalga oshiriladi.    

Bunda, alohida holatlarda shifoxonada bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalar va tibbiy buyumlarni ishlatishga ruxsat berish tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.  

 

O‘zA