Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, amaldagi Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati bekor qilinib, uni yangilash va ro‘yxat kengaytirilishi bo‘yicha buyruq loyihasi ishlab chiqildi.
Hozirda retseptsiz ham berilishi mumkin bo‘lgan dorilarni xarid qilish uchun bemor yo‘l bosib, vaqt yo‘qotib, navbat kutib shifokor qabuliga kirishga majbur bo‘lmoqda. Agar qo‘shimcha tekshiruvlar talab etilsa, yana navbat asosida tibbiy xulosani olgach, vrach huzuriga takror kirib retsept yozdirib olishiga to‘g‘ri kelyapti.
Ammo shu yilning iyul oyidan Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i asosida Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati keskin kamaytirilgach, iste’molchilarning tashvishiga tashvish qo‘shildi. Ya’ni, monopreparatlar pozitsiyasi 105 taga, majmuaviy preparatlar ro‘yxati esa 118 taga qisqarib ketdi.
Oqibatda retseptsiz ham berilishi mumkin bo‘lgan dorilarni xarid qilish uchun bemor yo‘l bosib, vaqt yo‘qotib, navbat kutib shifokor qabuliga kirishga majbur bo‘lmoqda. Bordi-yu, qo‘shimcha tekshiruvlar talab etilsa, yana navbat asosida tibbiy xulosani olgach, vrach huzuriga takror kirib retsept yozdirib olishiga to‘g‘ri kelyapti.
Bunday ovoragarchilik va byurokratik to‘siqlar aholining tibbiyot tizimiga nisbatan ishonchi kamayishiga, qolaversa, farmatsevtika kompaniyalarining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lyapti. Negaki, qonunchilik talablariga ko‘ra, retsept asosida beriladigan preparatlarni targ‘ibot qilish taqiqlangan. Bu esa aholining zarur dori vositalari haqidagi ma’lumotlardan xabardorligini cheklamoqda.
Masalan, tempalgin, mukomilt, deksaflyu, tabeks kabi qator preparatlarni chet el dorixonalaridan hech qanday cheklovlarsiz xarid qilsa bo‘ladi. Bizda esa buning uchun retsept so‘ralyapti.
O‘zA.