Hurmatbek Qutlimuratovich OTAMURATOV assistent Urganch davlat universiteti Xorazm, O‘zbekiston hurmatbek2017@gmail.com Baxtiyor Saidovich RAXIMOV Texnika fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Xorazm, O‘zbekiston bahtiyar1975@mail.ru Tohir Quronbayevich O‘RAZMATOV Texnika fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Urganch RANCH texnologiyalar universiteti Xorazm, O‘zbekiston tohir20314@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada retinal (ko‘z to‘r pardasi) tasvirlarini raqamli qayta ishlashning zamonaviy usullari va algoritmlari hamda ularning tibbiy tashxisda qo‘llanilishi tahlil qilingan. Asosiy e’tibor diabetik retinopatiya, glaukoma kabi ko‘z kasalliklarini erta aniqlashda tasvirni solarizatsiya, kontrastlashtirish, binarizatsiya, segmentatsiya va morfologik filtrlar orqali ishlov berish jarayonlariga qaratilgan. Fundus kameralari yordamida olingan tasvirlarni raqamli qayta ishlash nevrologik va oftalmologik kasalliklarni aniqlashda muhim o‘rin tutishi isbotlangan. Shuningdek, tasvirlarni preparatsiya qilish va optimal threshold metodlari orqali qon tomirlari segmentatsiyasi samaradorligi oshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Retinal tasvirlarni raqamli qayta ishlash usullari ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishning oldini olish, tashxisni avtomatlashtirish va kelajakda sun’iy intellekt asosida real vaqtda aniqlash imkonini berishi ta’kidlangan.
Tayanch so‘zlar: retinal tasvir, fundus kamera, binarizatsiya, solarizatsiya, segmentatsiya, oftalmologiya.