Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublikamizning qator hududlari aholisi seldan ogohlantirilmoqda
16:56 / 2025-04-08

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab yomg‘irli va salqin havo kuzatilmoqda. FVV ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 8-9-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning ayrim hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida, Surxondaryoning Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida sel kelishi ehtimoli mavjud.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida, Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida hamda Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Respublikamizning Namangan viloyati va uning Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida, Farg‘onaning So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari hamda Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida ham ushbu tabiiy ofatlar kutilmoqda.

Shu bilan birga, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA