French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublikamizning barcha hududlarida Yoshlar texnoparki tashkil etiladi
15:17 / 2020-01-15

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvni videokonferensiya orqali mamlakatimizning barcha hududlaridagi yoshlar kuzatib, unda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yana bir navqiron avlod vakili – Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi direktorining o‘rinbosari Akbarxon Sobirxonov ham Prezidentga o‘z taklif va mulohazalarini bildirgan edi. 

U tomonidan bildirilgan taklifga ko‘ra, Yoshlar akademiyasi qamrovini kengaytirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida Yoshlar texnoparkini tashkil etish va bu orqali chekka viloyatlardagi iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga zamin yaratilishi ta’kidlandi. 

Oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhokama uchun e’lon qilindi. 
Muhokamaning yakuniy sanasi 29 yanvar hisoblanadi.

Unga ko‘ra, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich yuridik shaxs maqomiga ega mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Yoshlar texnoparki” direksiyasi tashkil etish taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Bunda, Texnopark “Yashnobod” innovatsiya texnoparkining hududiy bo‘linmasi deb hisoblanadi va “Yashnobod” innovatsiya texnoparkining rezidentlarining joylashuvini eksterritoriallik O‘zbekistonning barcha hududlarida amalga oshiriladi.

Quyidagilar Texnopark faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilanadi:

- hududlarda Yoshlar akademiyasining faoliyatini rivojlantirish hamda mahalliy hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarni ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirish;

- hududlarda yoshlarning analitik fikrlash, ularni ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish;

- yoshlarning startap-loyihalarni rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish;

- zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, hududlarni sifatli yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish;

- iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishlariga ko‘maklashish;

- yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va master klasslarni, shuningdek, yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, o‘quv kurslari va treninglar tashkil etish;

- iqtidorli yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni saralash hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan tanlovlarga yo‘naltirish;

- ilmiy-texnik, innovatsion hamda startap-loyihalarni amaliyotga joriy etish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari, o‘qituvchi-professor va talabalarini shartnoma asosida jalb qilish.

Tashkil etiladigan Texnoparklar Innovatsion rivojlanish vazirligi tasarrufiga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.